logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Samarqand shahrida sayohatda bo‘ldilar

view 152

O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi jamoasiga Samarqand shahriga sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi. Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S. Isroilov boshchiligida ushbu sayohat amalga oshirildi. Safar davomida jamoa a’zolari shaharning tarixiy obidalari bilan tanishdi, muqaddas maskanlarni ziyorat qildi hamda buyuk tariximizni yaqindan o‘rgandi. Ichki turizmni rivojlantirish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat barchaga iliq taassurotlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

E’tibor va rag‘bat uchun Kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.