logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tarixiy sammit natijalariga bag‘ishlangan ma’ruzada ishtirok etdilar

view 240

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar doirasida “Ulug‘bek” jamg‘armasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Faylasuflar Milliy jamiyati raisi, falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarov ishtirokida “Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining tarixiy sammiti natijalari” mavzusida ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruza davomida professor Q.Nazarov O‘zbekistonning geosiyosiy ahamiyati, mintaqaviy hamkorlik siyosatining mazmun-mohiyati, Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishida mamlakatimiz tutgan o‘rni va ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. U óz nutqida O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning geosiyosiy yuragi, Tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan, So‘nggi yillarda mintaqaviy hamjihatlik va iqtisodiy integratsiya ortib, bu o‘z navbatida mamlakatlar taraqqiyotiga kuchli turtki bermoqda.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yanada rivojlanishi kelgusi 10 yilda mintaqaning yalpi ichki mahsulotini kamida ikki barobarga oshirish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.