Toshkent davlat agrar universiteti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash va ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toshkent viloyati, jumladan Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etdi. Uchrashuvlarda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan ta’lim, ma’naviyat va ijtimoiy rivojlanish masalalariga oid muhim tushunchalar berilib, islohotlarning aholi hayotidagi ahamiyati atroflicha yoritildi. Tadbirlar davomida mahalla faollari, jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, dolzarb masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

