logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti yoshlari Parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdi

view 202

Toshkent davlat agrar universitetining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori J.Lapasov boshchiligida xodimlar va bir qator yoshlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga sayohat qilishdi. Jarayonlar davomida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Senatning asosiy faoliyati, xususan parlament yuqori palatasining qonun ijodkorligi, qonunlar ijrosi bo‘yicha parlament nazoratini olib borishning ayrim jihatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash, parlament nazoratini olib borish, ijro organlari va mansabdor shaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari ekanligi qayd etildi. Suhbat davomida Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
Senatning mahalliy Kengashlar va yoshlar bilan hamkorligi, qonunlar muhokamasida hududlar manfaati qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq shuningdek, parlament yuqori palatasi faoliyatiga taalluqli ko‘plab savollariga javob oldi.

Talabalar Senat qo‘mitalari hamda devoni ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya sohalarida olib borilayotgan islohotlar, sohani tartibga solishning huquqiy asoslari yuzasidan ham axborotga ega bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.