Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, rektor va mas’ullar tomonidan yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar joyida o‘rganilib, qulayliklar, tozalik va xavfsizlik talablariga rioya etilishi sinchkovlik bilan tekshirildi. Shuningdek, o‘quv binolari va laboratoriyalar holati batafsil ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddat ichida bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, yangi qurilayotgan yotoqxona binosining imkoniyatlari ham o‘rganilib, unda talabalarning samarali ta’lim olishi va dam olishi uchun barcha zamonaviy sharoitlarni yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, universitetimiz hududida yashil maydonlarni kengaytirish va obodonlashtirish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. Bunday ekologik va obodonlashtirish ishlari kengaymoqda


