K.I. Skryabin nomidagi Qirg‘iz milliy agrar universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq, akademik mobillik dasturi doirasida 2025–2026 o‘quv yilining 2-semestrida muhim jarayonlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur asosida K.I. Skryabin nomidagi Qirg‘iz milliy agrar universitetining “O‘simliklar himoyasi va karantini” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Toshkent davlat agrar universitetida o‘quv jarayonida faol ishtirok etmoqda. Talabalar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida o‘simliklar himoyasi, karantin tizimi, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda ilmiy-amaliy tajribalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
Bunday akademik almashinuv dasturlari ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda talabalarning xalqaro bilim va tajribasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


