logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida FAO eLearning Academy xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi

view 23

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — Food and Agriculture Organization eLearning Academy platformasi hamkorligida “FAO eLearning Academy orqali akademik hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminarda FAO eLearning Academy rahbari Cristina Petracchi, salohiyatni rivojlantirish va ta’lim bo‘yicha mutaxassis Costanza Mattia hamda FAOning O‘zbekistondagi vakillari universitet, shuningdek, universitet rektori Narzullo Oblomuradov, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.


➡️Seminar davomida FAO eLearning Academy tomonidan taqdim etilayotgan bepul va ko‘p tilli onlayn kurslar, xalqaro sertifikatlar, raqamli nishonlar (digital badges) hamda zamonaviy ta’lim resurslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan platforma orqali qo‘lga kiritilgan xalqaro sertifikatlar namoyish etildi.

Tadbirda Global Youth Contest 2026 xalqaro tanlovi haqida ham ma’lumot berilib, 18–35 yoshdagi talabalar, magistrantlar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ushbu tanlovda ishtirok etishga taklif etildi. Tanlovning eng yaxshi uch nafar g‘olibi Italiya poytaxti Rome shahrida bo‘lib o‘tadigan World Food Forumda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

✅Seminar yakunida FAO vakillari va universitet rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda FAO eLearning Academy kurslarini ta’lim jarayoniga kengroq integratsiya qilish, xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.