logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat olib borayotgan xorijlik professor-o’qituvchilar “1-oktabr Òqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan munosib taqdirlandi

view 186

Yig‘ilish avvalida universitetimizda faoliyat olib borayotgan fidoyiligi, ilmiy salohiyati va erishgan yutuqlari bilan o‘z o‘rnini topgan professor-o‘qituvchilar hamda ichki stipendiya tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Bugungi e’tirof etilganlar safida nafaqat mahalliy ustozlarimiz, balki universitetimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy hamkorlarimiz ham borligi quvonarli holatdir. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya davlatlaridan kelib, talabalarga saboq berayotgan Liu Changxin, Mo Xvansung, Deng Shufang, Chjan Fei, Chjan Naidan universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Universitetimiz rektorining bunday etibori va e’tiroflari ularga yanada mas’uliyat berib, yoshlar bilan ishlashda kuch baģishlaydi. Taqdirlangan barcha professor-o‘qituvchilar va xorijiy hamkorlarimiz bu yuksak e’tibordan mamnun bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.