Universitetimizda yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda soha mutaxassislari va mas’ul rahbarlar so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Jumayev Shoxrux Shuxratjon o‘g‘li hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qibray tuman bo‘limi rahbari. Karimov Jamshid Rustamovichlar ishtirok etdi. Asosiy urg‘u berilgan masalalar yoshlar orasida radikallashuv va yot oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, Ilm-fan va ma’rifatning jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanligi haqida boʻldi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Mazkur muloqot yoshlarning huquqiy va diniy savodxonligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



