logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 30

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, badiiy savodxonlikni rivojlantirish, shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bunday uchrashuvlarning yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Mazkur uchrashuvda “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni va “Shuhrat” medali sohibi Abdunabi Boyqo‘ziyev boshchiligidagi ijodkorlar — Habib Abdiyev, Shohsanam Nishonova va boshqa adabiyot namoyandalari ishtirok etdilar. Ular talaba-yoshlar bilan o‘z ijodiy tajribalari, hayotiy qarashlari hamda ijod sari eltuvchi yo‘llari haqida samimiy suhbat olib bordilar. Tadbir davomida she’rlar o‘qildi, mushoiralar o‘tkazildi va talabalarning ijodiy chiqishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, universitetimizda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Yashil makon” umummilliy dasturi do‘stona tarzda davom ettirilib, tadbir ishtirokchilari, faxriy ustozlar va yoshlar birgalikda daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasida qatnashdilar. Ushbu uchrashuv yoshlarning badiiy didini shakllantirish, ularni ma’naviy barkamollikka undash, tabiatga mehr va ijodga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.