logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida nufuzli xalqaro o‘quv kursi boshlandi

view 194

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Yevropa Ittifoqi qoshidagi ASK Facility hamkorligida tashkil etilgan nufuzli o‘quv kursi hozirda Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu o‘quv dasturi 2025-yil 9–17 dekabr kunlari davom etadi va mashg‘ulotlarni fransiyalik tajribali ekspert Frederic MENS olib bormoqda. Kursning asosiy maqsadi — sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishdir.

Dasturda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha GHP, GMP va HACCP tizimlarining amaliyotda qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan ushbu hamkorlik platformasi mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, sohadagi ilg‘or amaliyotlarni mamlakatimizda tatbiq etishga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.