Tadbir Axborot-resurs markazi va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari O.Ostonov, M.Abduraimova, R.Tursunov, Sh.Kimsanbayeva, F.Mamadaliyeva, F.Umarova, K.Shotursunov hamda ARM direktori J.P.Temurxodjayev ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar mustaqillik yillarida o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi. Davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi va uning hayotdagi amaliy ahamiyati hayotiy misollar orqali yoritib berildi.
Tadbir davomida talabalar ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan chiqish qilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir yuqori ruhda o‘tib, yoshlarda ona tiliga bo‘lgan faxr va muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



