logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, taniqli rangtasvir ustasi, san’atshunos va jamoat arbobi Akmal Nur bilan adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

view 232

Mazkur uchrashuv universitet rektori, professor N. Oblomuradov boshchiligida tashkil etildi va unda professor-o‘qituvchilar, ijodkor talabalar hamda san’atga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida mehmon Toshkent davlat agrar universitetining ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, universitet hududida faoliyat yuritayotgan Art galereya,“Renessans” ma’ruzalar zallari, shuningdek, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi o‘quv binosi bilan tanishtirildi.
Adabiy-badiiy uchrashuv davomida Akmal Nur san’atning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlodni estetik did, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va san’atni uyg‘unlashtirish g‘oyasi nihoyatda murakkab, ammo strategik jihatdan muhim jarayon ekanini ta’kidlab, Toshkent davlat agrar universiteti jamoasining bu yo‘nalishdagi izchil sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdi. Uchrashuv yakunida taniqli rassom universitet talabalarini o‘zining shaxsiy galereyasiga tashrif buyurishga taklif etib, yoshlar bilan ijodiy muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Mazkur tadbir Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim va tarbiya jarayonida ilm-fan, madaniyat va san’atning uzviy uyg‘unligini ta’minlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.