favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yoz mavsumida suv xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

view 14

Toshkent davlat agrar universitetining Axborot-resurs markazi binosida “Fuqaro va mehnat muhofazasi” bo‘limi hamda Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yoz mavsumida daryo, kanal, ochiq va yopiq suv havzalarida cho‘milish tartib-qoidalari, cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot seminar-tadbiri tashkil etildi. Tadbirni universitetning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori D. Mamadiyarov ochib berdi. Seminar davomida Qibray tumani FVB bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdujabbor Dasanov yoz mavsumida fuqarolar tomonidan suv havzalarida cho‘milish vaqtida amal qilinishi zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini tushuntirib o‘tdi.

Shuningdek, Qibray tumani FVB tezkor bo‘linmasi boshlig‘i Behruz Axmedov ham so‘zga chiqib, cho‘milish vaqtida doimiy hushyorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ochiq suv havzalarida cho‘milish qoidalari haqida videoroliklar namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.