logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitlari òrganildi

view 65

Hafta davomida universitetimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va xavfsiz hayot sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Universitetimiz fakultet tyutorlari tomonidan ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. Tyutorlar talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi.Talaba bilan suhbat davomida uning darsdan bo'sh vaqtini qanday o'tkazishi, texnika xavfsizligi hamda uy jihozlaridan toʻgʻri foydalanishi, yoʻl qatnov harakat qoidalariga rioya etgan holda dars jarayonlariga qatnashishi, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni puxta  o'rganishi, ko'proq kitob o'qib, o'z sohasining yetuk kadri bo'lib yetishishlari aytib o'tildi. Xonadon egasi bilan ham talabalarga qilingan sharoitlar haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in xavfsizligi hamda elektr jihozlaridan foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Talabalarning shaxsiy ehtiyojlari, taklif va istaklari tinglanib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.