logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

view 26

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda Navro‘z bayrami arafasida 13-14-mart kunlari "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbusda Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi va talabalari ham munosib ishtirok etishmoqda. Ayni damda oliygoh hududida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda: Ariq-ovurlar tozalanmoqda; Daraxtlar oqlanib, shakl berilmoqda; Hududlar chiqindilardan tozalanib, gul ko'chatlari ekishga tayyorlanmoqda.

Hashar — bu nafaqat atrof-muhitni tartibga keltirish, balki jamoada ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash ramzidir. Navro‘z bayramini barchamiz pokiza va fayzli dargohlarda kutib olaylik!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.