logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida universitet Xotin-qizlar masalalari kengashi tomonidan “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida viloyat va tuman deputatlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

view 270

Tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi M. Xodjayeva, universitet matbuot xizmati rahbari va axborot masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Qibray tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati Z. Sodiqova , Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi a’zosi, Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi mudiri, professor S. Avazov hamda universitet Xotin-qizlar masalalari kengashi raisi G. Shodmonova so‘zga chiqib, ma'ruzalar qildi.

Davra suhbatida fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etib, ekologik qonunchilikka oid savollariga javob oldilar va amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.