logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida “O‘zbekiston–Xitoy tuproq, o‘simlik va o‘g‘itlar tahlili laboratoriyasi”ning ramziy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

view 153

Mazkur qo‘shma laboratoriya Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi hamda Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy delegatsiyasi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Ushbu laboratoriyaning faoliyati agronomiya, tuproqshunoslik, o‘simlikshunoslik yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlarga asoslangan ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida bu sohada yangi natijalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar yaratishga xizmat qiladi.

Laboratoriya zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda tuproq va o‘simlik tahlili, o‘g‘itlash tizimlari, agrotexnik yechimlar, ekologik barqaror texnologiyalar chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, tadbir davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoyning Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingvvvv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.