Toshkent davlat agrar universitetida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, onlayn makonda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda raqamli zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan.
Mazkur tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov ochib berdi. Davra suhbatida Toshkent viloyati IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Sh. Sodiqova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish markazi direktori D. Maxamadaminova ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, tadbir davomida Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi G.Shodmonova raqamli zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, talabalarga foydali tavsiyalar berdi. Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda 100 dan ortiq talaba yoshlar qatnashdi. Tadbir ishtirokchilarga raqamli makonda o‘zini himoya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish va zo‘ravonlikka qarshi kurashda faol bo‘lish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




