Toshkent davlat agrar universiteti Sport kompleksi binosidagi ta’mirdan chiqqan yopiq suv havzasi ochilishi munosabati bilan tushuntirish-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Boboyev, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor D.Mamadiyarov, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i I.Baxronov, Qibray tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor bo‘linmasi boshlig‘i B.Axmedov, universitet bo‘lim rahbarlari va fakultet dekanlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sport inshootidan xavfsiz va samarali foydalanish qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Mutasaddilar tavsiyalarini yetkazib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytardilar. Tadbir sport inshootlaridan foydalanishda mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar: