Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida stol tennisi va volleybol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Va bu musobaqalarda sportga qiziqishi baland iqtidorli yoshlar ózaro bellashdi. Ushbu bellashuvning taqdirlash marosimi bólib òtdi. Tadbirni Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori J.Lapasov ochib berdi va ishtirokchilarni taqdirladi.
Musobaqa natijalariga kóra Stol tennis yo‘nalishi bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida òtkazilgan òyinda S.Yusubboyeva 1-o‘ rinni, M.Kenjayeva 2-òrinni, S.Axmadqulova 3- órinni qòlga kiritdi.Yigitlar o‘rtasida I.Isoqov 1-órinni, B.Egamqulov 2-o‘rinni, A.To‘qliboyev 3-òrinni egallashdi.
Volleybol yo‘nalishi bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida òtkazilgan òyinda 14-TTJ jamoasi 2- òrinni, 12-TTJ jamoasi 3- òrinni qólga kiritdi. Yigitlar o‘rtasida 12-TTJ jamoasi 1-òrinni, 14-TTJ jamoasi 2-órinni, 7-TTJ jamoasi 3-òrinni egallashdi. Tadbir sòngida ģoliblar sertifikat va estalik sovģalari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



