Toshkent davlat agrar universiteti kasaba uyushmasi tashabbusi bilan universitet xodimlari va talabalari uchun arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishmoqda. Mazkur tashabbus universitet aʼzolariga qulaylik yaratish, sog‘lom va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, mazkur yarmarka bugun kechgacha davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar: