logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro diplom va nufuzli ta’lim: TDAU qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!

view 61

Aziz talaba-yoshlar va abituriyentlar! Dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim olib, ikki karra diplomga ega bo‘lishni istaysizmi? Toshkent davlat agrar universiteti Yevropa va Osiyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulni e’lon qiladi. Endi sizda Litva, Polsha, Vengriya, Turkiya, Gruziya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarning universitetlarida o‘qish imkoniyati bor! Bakalavriat yo‘nalishlari:
Biznesni boshqarish (rus va ingliz tillarida);
Logistika (ingliz tilida);
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik (o‘zbek va turk tillarida);
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish (rus tilida);
Agronomiya (rus tilida);
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (rus tilida);
Iqtisodiyot (rus tilida).
Magistratura mutaxassisliklari:
Biznesni boshqarish (MBA — rus va ingliz tillarida);
Oziq-ovqat xavfsizligi, Chorvachilik, Mevachilik, Agronomiya, O‘simliklar himoyasi (ingliz tilida);
Uzumchilik va vinochilik (ingliz tilida);
Mevachilik, O‘simlikshunoslik, Chorvachilik (o‘zbek va turk tillarida). Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.tdau.uz
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 93 548 40 43
+998 99 693 23 45
Shoshiling! Qabul kvotalari soni cheklangan. Kelajagingizni jahon standartlari asosida quring!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.