logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yosh dasturchi–2025 yozgi maktabi ishtirokchilari Kumushkonda!

view 49

Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan yoshlarning vaqtini ta’til davomida samarali o’tishini ta’minlash, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadlarida ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan “Yosh dasturchi-2025” yozgi maktablari yuqoridagi fikrimizning tasdig’i bo’la oladi. Qisqa vaqt ichida yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish va ularga yangi bilim-ko’nikmalarni o’rgatish maqsadida mazkur maktab tarbiyalanuvchilari bilan ko’plab o’quv mashg’ulotlari, seminar-treninglar olib borilmoqda.

Ushbu saboqlar o’z o’rnida yoshlarning kelgusida dasturlash va axborot xavfsizligi sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlariga yordam beradi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.