logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yosh huquqshunoslar TDAU da bilimlarini boyitmoqda

view 81

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan yurtimiz bo’ylab “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari faol olib borilmoqda. Yoshlarning ta’til davrida vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni yanada bilimli bo’lishlari maqsadidagi ushbu tadbirlarda Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi ham faol qatnashmoqda.
“Agroyurist–2025” yozgi maktabi ham yuqoridagi vazifalarning ijrosiga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo’lmoqda.
Xususan, yoshlarning Toshkent viloyat sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga uyishtirgan sayohatlari ko’plab taasurotlarga boy bo’ldi.

Kelgusida huquqshunoslik sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishni niyat qilgan yigit-qizlar uchun ushbu sayohatlar davomida qonun loyihalarning ishlab chiqarilish jarayonlari, qonun hujjatlarini yuritish hamda sud jarayonlarining olib borilish tartiblari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.