logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Zooinjeneriya fakulteti

Agar siz qishloq xoʻjaligi hayvonlarini urchitish, oziqlantirish, saqlash va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni, insonlar va hayvonlarni kasalliklardan muhofaza qilish, baliq va asalarichilik mahsulotlarini ko‘paytirish, ipak qurti boqish, pilla yetishtirish qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib berishni  istasangiz – bu fakultet aynan siz uchun!

 

Fakultetda talabalar zamonaviy agrotexnologiyalar bilan chorvachilik fermer xo‘jaliklarida hayvonlarni oziqlantirish, parvarish qilish, veterinariya kliniklarida hayvonlarni davolash va tashxis qo‘yish, noyob baliqlarni ko‘paytirish, ipak qurtini parvarish qilish, oziqlantirish, nasilchilik ishlari olib borish, asalarilarni ko‘paytirish hamda ekologik toza mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha xorijiy innovatsion texnologiyalarni o‘rganib amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.

 

Fakultetning tarixi 1924-yilda boshlangan. Zooinjeneriya fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Bugungi kunda fakultet tarkibida:

 

  • 12 nafar fan doktori,
  • 23 nafar fan nomzodi,
  • 45 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

 

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha 3500 nafardan ortiq mutaxassis hayotga yo‘l olgan.

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  • Ipakchilik va tutchilik
  • Umumiy zootexniya va veterinariya
  • O‘zbek tili va adabiyoti

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish ekologik toza chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yo‘lida ishonchli qadamdir!

Ballasov Ulug‘bek Sheraliyevich

Ballasov Ulug‘bek Sheraliyevich

Dotsent

Yutuqlar

  • 3
    Kafedralar
  • 7
    Professorlar
  • 106
    Bitiruvchi

Fakultet tarixi

1924

Zooinjeneriya fakulteti

O‘rta Osiyo universiteti tarkibidagi Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida 1924-yil O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti o'z faoliyatini boshladi. Shu yili Agronom-ipakchilik yo‘nalishi tashkil etilgan, hozirgi kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi mutaxassis zooinjener, veterinar va zootexniya (turlari bo‘yicha) kadrlar tayyorlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan Zootexniya fakulteti Zooinjeneriya fakulteti deb qayta nomlandi.
Zooinjeneriya fakulteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.