logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi

Kafedra tuproqshunoslik va agrokimyo, yer kadastri va yer tuzish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi va agrar sohaga bilimli kadrlarni yetkazib beradi.

 

Kafedrada agrokimyo va tuproqshunoslik, yer kadastri va yer tuzish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, jumladan: talabalar tuproq, uning xossalari, kelib chiqishi, geografik tarqalishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, agrokimyoviy tahlillarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligini saqlash uchun o‘g‘it turlaridan samarali foydalanish, almashlab ekishni to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek, yer kadastrini yuritish, yer tuzish va bonitirovka ishlarini amalga oshirish bo‘yicha fundamental va amaliy masalalarni o‘rganadilar.

 

Kafedra yuqori salohiyatga ega

 

  • 38 nafar professor-o‘qituvchilar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shundan 7 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodi
  • 8 nafar doktorantlat
  • 7 nafar magistrlar
  • Ilmiy salohiyat – 81%
  • 86% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda

 

Kafedra zamonaviy yondashuvga ega

 

Kafedra tuproq resurslarini saqlash va qayta tiklash, barqaror qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining hosildorligi va sifatini boshqarish muammolarini muvaffaqiyatli hal etish, qishloq xo’jaligida moddalar balansi va aylanishini boshqarish, dala, o’simlik va lizimetrik tajribalar bo’yicha tadqiqot dasturini tuzish, fermer xo‘jaligida, almashlab ekish va alohida ekinlar uchun o‘g’itlash tizimini tuzish; yerdan foydalanishni nazorat qilish, yer monitoringini yuritish, yer tuzishda loyiha-texnik xujjatlarni tayyorlash kabi qishloq xo‘jaligi fan va amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb muammolarni hal qilishda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyalariga ega.

Xalimov Bekzod Gafurdjonovich

Xalimov Bekzod Gafurdjonovich

Kafedra mudiri

Bakalavr

Magistratura

Xodimlar

  • Xalimov Bekzod Gafurdjonovich
    Xalimov Bekzod Gafurdjonovich
    Kafedra mudiri
  • Qodirova Dilrabo Abdukarimovna
    Qodirova Dilrabo Abdukarimovna
    Professor
  • Raupova Nodira Baxromovna
    Raupova Nodira Baxromovna
    Professor
  • Shadiyeva Nilufar Iskandarovna
    Shadiyeva Nilufar Iskandarovna
    Professor
  • Saidova Munisa Ergashevna
    Saidova Munisa Ergashevna
    Professor
  • Atabaev Ma’ruf Maxmudovich
    Atabaev Ma’ruf Maxmudovich
    Professor
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.