logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI VA SHINJON O‘RTASIDA HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILDI

view 278

Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy forum doirasida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi. Toshkent davlat agrar universiteti hamda Shinjon Uyg‘ur avtonom rayoni qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro ulashish uchun mustahkam asos yaratadi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.