logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qadrdonlarni birlashtirgan qadrli maskan

view 232

Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan, hozirda nafaqada boʻlgan 1976-yilda “Iqtisodiyot fakulteti”ni tamomlagan bitiruvchilari diydorlashishdi. Ular talabalik yillarini, unutilmas va yodda qolarli damlarni eslashib, uzoq va maroqli suhbat qurishdi. Universitetimiz rektori N. Oblomuradov bilan uchrashib, tashrif uchun tashakkur bildirdi. Shundan sóng, Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan “Art Galereya” ko’rgazmasi bilan tanishdi hamda yangi o‘quv binolari va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashrif buyurgan bitiruvchilarning quvonchlari cheksiz. Shuncha yillardan soʻng bir-birlarini koʻrganlari uchun xursandchilikdan koʻzlari porlayotgandek goʻyo. Mazkur uchrashuv samimiyatga boy suhbatlar, quvonchli diydorlar, yoshlikni eslatuvchi lahzalar bitiruvchilar qalbida iliq tuyg‘ularni uyg‘otdi.

Barchamizga ham shunday yillardan keyin shirin diydor nasib aylasin!

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti boshchiligida barcha fakultetlarning yoshlar yetakchilari, tyutorlari, professor-o‘qituvchilari va faol talabalar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida keng ko‘lamli chellenj o‘tkazildi
Jarayon | Korrupsiya

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.