Toshkent davlat agrar universiteti "Òsimliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik" fakultetida “Raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurash” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J.Lapasov ochib berdi. Mazkur tadbirda UNFPAda Gender tengligi dasturi bo‘yicha mutaxassis, Nyu-Yorkdagi Columbia Universitetida “Inson huquqlari” yo‘nalishida san’at magistri Sh.Safoyeva, UNFPA Gender tengligi dasturi loyiha koordinatori N.Xo‘jayeva, UNFPAda kommunikatsiya bo‘yicha assistenti S.Rasulovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida raqamli zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari, oldini olish mexanizmlari, yoshlar ongida xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish hamda gender tenglik masalalari keng yoritildi.
UNFPA — BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bo‘lib, jinsiy va reproduktiv salomatlik, gender tenglik, ayollar va yoshlarning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, bolalar nikohi va gender asosidagi zo‘ravonlikka barham berish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


