logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Anor mevasi va po‘stining shifobaxsh xususiyatlari

view 24

Anor anordoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 5 metrgacha yetadigan buta o‘simlik hisoblanadi. May–avgust oylarida gullab, mevasi sentabrdan kech kuzgacha pishadi. Mevasi sharsimon, ko‘p urug‘li va sershira bo‘lib, tarkibida organizm uchun foydali moddalarga juda boy. Anor mevasi tarkibida 4% gacha limon va olma kislotasi, fruktoza, glyukoza, saxaroza kabi qand moddalari, shuningdek vitamin S va folat kislotasi mavjud. Shu sababli u ishtahani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va quvvat beradi. Anor sharbati zangila (singa) kasalligida foydali bo‘lib, organizmda vitamin yetishmovchiligini bartaraf etishga yordam beradi. Anor po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi, smola va bo‘yoq moddalari bor. U qon to‘xtatuvchi, yallig‘lanishga qarshi va gijja haydovchi xususiyatga ega. Ichburug‘ (dizenteriya) kasalligida anor po‘stining qaynatmasi samarali vosita hisoblanadi. Ildiz po‘stlog‘i esa gijjalarni tushirishda qo‘llaniladi. Milk yoki ichakdan qon ketganda, shuningdek yara va jarohatlarda malham sifatida ishlatiladi.

Xalq tabobatida anor po‘sti, mevasi, guli istisqo (vodanka), yo‘tal, ichburug‘ va ayrim teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Meva po‘stloqlarining kulini sariyog‘ yoki mol yog‘i bilan aralashtirib surtilsa, teridagi yiringli yarachalarning bitishiga yordam beradi.
"Agrokimyo va tuprokshunoslik" kafedrasi dotsent S.Asatova

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.