Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblamuradov universitetning “Texnik foydalanish va xoʻjalik bo‘limi”da faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar hamda oʻquv binolari va talabalar turar joylari binobonlari bilan uchrashib, ularni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdi. Uchrashuv davomida oliygoh rahbari universitet hududining obodligi, bino va inshootlarning texnik holatini saqlash hamda talabalar turar joylarida tartib-intizomni ta’minlashda ushbu bo‘lim xodimalarining xizmati beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi. Universitet infratuzilmasini rivojlantirish va kundalik ish faoliyatini samarali tashkil etishdagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun xodimalarga minnatdorchilik bildirildi. Ko‘p yillik samarali faoliyati va jamoat ishlaridagi faolligi uchun bo‘limning bir guruh ayol binobonlari rektorning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. Bayram munosabati bilan rahbariyat tomonidan xodimalarga maxsus tayyorlangan estalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir yakunida ayollarga uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va kelgusi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



