Toshkent davlat agrar universitetida “Tamerlan Travel” MCHJ direktori oliy ta’lim muassasamizga tashrif buyurib, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy, interaktiv va innovatsion formatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida turizm va logistika sohasida kechayotgan transformatsiya jarayonlari, raqamlashtirish (digitalizatsiya), innovatsion yondashuvlar hamda xizmatlar bozoridagi global tendensiyalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mehmon tomonidan sohada raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning dolzarb jihatlari alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida interaktiv muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bundan tashqari, amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida mahorat darsi o‘tkazilib, real keyslar, biznes jarayonlar va zamonaviy boshqaruv mexanizmlari tahlil qilindi.
Mazkur tashrif ta’lim jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish, bilimlar transferini kuchaytirish hamda talabalarning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

