logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Toshkent davlat agrar universitetida “Barqaror rivojlanishda yer resurslaridan samarali foydalanish strategiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

view 18

Mazkur tadbir taniqli tuproqshunos olim, professor Akrom Rasulov xotirasiga bag‘ishlandi. Anjuman davomida sohaning eng dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, sog‘lom tuproqni asrash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yer degradatsiyasi va sho‘rlanishga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish, agrar tarmoqda sun’iy intellekt, GIS va masofadan zondlash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida yashil agrotexnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, MDH davlatlaridan tashrif buyurgan ekspertlar, yetuk olimlar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Xususan, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdikarimova Sayyora sog‘lom tuproq — mo‘l hosil garovi ekanini ta’kidlab, bu boradagi fikr va takliflarini bildirdi. Shuningdek, xalqaro ekspert Akshay Shrivastav (Indorama Agro) o‘zining xorijiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, talabalarga muhim bilimlar ulashdi. Anjumanda yosh tadqiqotchilar va olimlarning chiqishlari ham katta qiziqish uyg‘otdi. Anjuman doirasida qator yetuk olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan Akrom Rasulov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, professor, meliorativ tuproqshunoslik maktabi asoschisi. Nurmatov Shermat Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, professor, PSUYAITI, Degradasiyaga uchragan tuproq unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar mavzusida: Gafurova Lazizaxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tuproqshunoslik kafedrasi professori. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ulardan samarali foydalanish mavzusida Abdurahmonov Nodirjon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, professor. Orol tubidagi sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini tiklashda biotexnologik usullardan foydalanish mavzusida: Sultoshova Orolxon Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi professori. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishning dolzarbligi mavzusida: Inamov Bekzod “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bosh direktori o‘rinbosari, katta ilmiy xodim ishtirok etdi

Mazkur anjuman PQ–135-sonli qaror ijrosi doirasida tashkil etilib, mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Anjuman yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar va ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi qismi universitetning o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida dala amaliyoti shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.