logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Sport – sog‘lom turmush tarzi garovi!

view 55

Toshkent davlat agrar universitetida an’anaga muvofiq, dekanlar va universitet rahbariyati ishtirokida futbol bo‘yicha qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Mazkur sport tadbiri universitetda e’lon qilingan “Sog‘lomlashtirish va sport” oyligi doirasida tashkil etildi. Universitet rahbariyati tomonidan har hafta shanba kuni sport bilan shug‘ullanish an’anaga aylangan bo‘lib, bu nafaqat jismoniy faollikni oshirishga, balki jamoada ahillik muhitini mustahkamlash va ish unumdorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko'ra: 1-o‘rin: Toshkent davlat agrar universiteti rektorat jamoasi; 2-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti; 3-o‘rin: Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoalari.

Sog‘lom tanada — sog‘lom aql! Bu kabi tadbirlar universitetimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lidagi muhim omil bo‘lib qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.