logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU’da ICBA xalqaro tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

view 8

Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro sho‘rlanish sharoitida dehqonchilik markazi (ICBA) vakillari bilan strategik hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Narzullo Oblomuradov ICBA bosh direktori Tarifa Alzaabi hamda tashkilotning Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Bokhir Alikhanovlar ishtirok etib, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iqlim o‘zgarishi sharoitida ekinlarni samarali yetishtirish va yuqori sifatli mahsulot olishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mutaxassislar uchun malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Shu bilan birga, uchrashuv davomida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni zamonaviy talablarga mos ravishda qadoqlash sohasida ham yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida Markaziy Osiyo Tuproq muzeyini tashkil etish tashabbusi ham ko‘rib chiqilib, mazkur loyiha hududda tuproq resurslarini o‘rganish, ularni asrash va keng jamoatchilikka targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.