Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan ochiq muloqot va targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv Quyi Chirchiq tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, tumanda jami 53 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ulardan 350 nafardan ortiq yoshlar bitiruvchi hisoblanadi. Tadbir davomida bitiruvchilarga universitetning ta’lim yo‘nalishlari, ilg‘or o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, xalqaro hamkorlik dasturlari, akademik almashinuv imkoniyatlari hamda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar haqida ham keng tushunchalar berildi.
Shuningdek, agrar sohaning bugungi kundagi ahamiyati, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy mutaxassisliklar hamda yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar orqali o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Ishtirokchilar Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olishning afzalliklari, talabalik hayoti hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:









