Toshkent davlat agrar universitetida Xitoyning Huayan Group kompaniyasi vakillari hamda universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
➡️Muloqot davomida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
➡️Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri — universitetning dala tajriba maydonida O‘zbekiston bozorida talab yuqori bo‘lgan qo‘ziqorin navlarini yetishtirish loyihasini yo‘lga qo‘yishdir. Loyiha doirasida Huayan Group kompaniyasi ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini olib kirish va ularni amaliyotga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.
✅Mazkur tashabbus universitetning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalar zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.our Heading
Ijtimoiy tarmoqlar:



