Toshkent davlat agrar universitetida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur jarayon doirasida Qishloq xo'jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug'chiligi kafedrasining “Qishloq xo'jalik ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Seleksiya va urug'chilik” magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasiPaxta seleksiyasi, urug‘chiligi va
yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tmoqda.
Himoyalarni yetakchi ilmiy muassasada tashkil etish bitiruvchilarning ilmiy izlanishlari va amaliy natijalarini soha mutaxassislari hamda ish beruvchilar ishtirokida baholash, ularning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



