logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Masofaviy ta’lim fakulteti

Masofaviy ta’lim fakulteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarga qulay va moslashuvchan ta’lim muhitini yaratish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish, talabalarning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash va nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat.

Masofaviy ta’lim shakli talabalarga o‘z bilim va malakalarini oshirish, kasbiy faoliyat bilan birgalikda ta’lim olish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini beradi.

Fakultetning asosiy maqsadi raqobatbardosh, bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan va o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qaror qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Yusupov Abdusalim Xolboyevich

Yusupov Abdusalim Xolboyevich

Dekan

Yutuqlar

  • 8464 nafar
    Jami talabalar
  • 1257 nafar
    Bitiruvchilar soni (2023/2024-o'quv yili)
  • 89 %
    Bandlik darajasi

Fakultet tarixi

2022

Masofaviy ta’lim fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 930-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3704-sonli qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti rektorining 2018-yil 22-maydagi 1-9-6/334-sonli buyrug‘iga muvofiq Sirtqi ta’lim va masofadan o‘qitish bo‘limi qayta tashkil etildi.
Universitet rektorining 2019-yil 21-fevraldagi 1-9-6/152-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi sifatida qayta tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 24-noyabrdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining yangilangan tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘i hamda universitet rektorining 2022-yil 1-dekabrdagi 1-9-6/380-sonli buyrug‘iga asosan Sirtqi (masofaviy) ta’lim fakulteti tashkil etildi.
Masofaviy ta’lim fakulteti faoliyati ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda talabalarga zamonaviy ta’lim olish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Masofaviy ta’lim fakulteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.