logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti

Siz mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining eng  yirik tarmoqlarida yoki agroklaster va qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimlarida ishlamoqchimisiz?

 

Siz ekinlar yetishtirish texnologiyasini o‘rganmoqchimisiz? Qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, urug‘chiligini tashkil etish, zamonaviy qishloq xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va zamonaviy dehqonchilik tizimini joriy etishni istasangiz – bu fakultet aynan siz uchun!

 

 

Fakultetda talabalar zamonaviy agrotexnologiyalar, dehqonchilik, o‘simlikshunoslik va urug‘chilik, qishloq xo‘chaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hamda raqamlashtirish sirlarini o‘zlashtirib ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.

 

 

Fakultetning tarixi 1930-yilga borib taqaladi. Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

 

Bugungi kunda fakultet tarkibida:

 

  • 25 nafar fan doktori,
  • 50 nafar fan nomzodi,
  • 40 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

 

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha 7900 nafardan ortiq mutaxassis hayotga yo‘l olgan.

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  • Dehqonchilik va melioratsiya asoslari;
  • O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar;
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi;
  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi;
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari.

 

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish yashil kelajakni yaratish yo‘lida ishonchli qadamdir!   

Djiyanov Ma’ruf Rashidovich

Djiyanov Ma’ruf Rashidovich

dekan

Yutuqlar

  • 5
    Kafedra
  • 25
    Professor
  • 50
    Dotsent

Fakultet tarixi

1930

Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti

Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti yuqori malakali agronomlar, ilmii va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishlari va qishloq xo‘jaligi fanini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Fakultetda 7900 nafar agronom paxtakor, dala agronomi, seleksionerlarini tayyorlandi. Ulardan 5025 nafari kunduzgi va 2875 nafari sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. 1979-yildan boshlab 1980-yilgacha fakultet zooinjenerlarni tayyorlagan va agrozootexniya fakulteti deb yuritilgan.
Fakultet eng ko‘p sonli yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibiga ega bo‘lgan va mutaxassislar tayyorlash va qishloq xo‘jaligi fanini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynagan.
Agrobiologiya fakulteti Toshkent davlat argag universiteti rektorining 2025-yil 3-apreldagi 1-9-6/60-son buyrug‘i bilan Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti deb nomlandi.
 Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.