logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Oziq-ovqat xavfsizligi: xalqchil islohotlar va hayotbaxsh natijalar

view 3

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Narzullo Oblomuradovning “Oziq-ovqat xavfsizligi: xalqchil islohotlar va hayotbaxsh natijalar” nomli maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 14-oktyabr sonida chop etildi.
Maqolada quyidagi muhim jarayonlarga e'tibor qaratilgan:
Xalqaro hamkorlik va yuqori marralar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish borasida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. 2030 yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobar, eksportni esa 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan. 
“Agricola” – ezgu tashabbus etirofi: Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan ta’sis etilgan nufuzli “Agricola” medali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga topshirildi. Bu mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosdagi yuksak etirofidir. 
Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: Universitetimizda “Yangi agronom” tizimi joriy etilib, 100 nafar talaba Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi ilg'or klaster va fermer xo‘jaliklariga biriktirildi. Joriy yilda esa bu ko'rsatkich yanada kengaytirilib, 300 nafar talaba qishloq xo‘jaligi texnikasi boshqaruvi bo‘yicha o‘qitilmoqda. 
Paxtachilik va innovatsiyalar: Sohada zamonaviy texnologiyalar, suv tejovchi vositalar hamda ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda. Bugungi kunda ayrim fermerlarimiz gektaridan 100 sentnergacha paxta hosili olmoqda. 
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini barqaror va innovatsion rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilib, O‘zbekiston bu borada ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.