logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Tirik kitob” — yoshlar tafakkurini uyg‘otayotgan ma’naviy maskan

view 26

Toshkent davlat agrar universitetining turli fakultetlari talabalari va tyutorlari tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Tirik kitob” nomli zamonaviy kitob do‘koniga tashriflar tashkil etildi. Mazkur jarayon davomida Zooinjeneriya, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetlari talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalar zamonaviy va klassik adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi, yangi nashrlarni ko‘zdan kechirishdi, o‘zlari qiziqqan kitoblarni xarid qilishdi hamda kitobxonlik madaniyati haqida fikr almashishdi. Jarayon davomida kitob do‘koni asoschisi Xayrulla Asatov bilan samimiy suhbatlar tashkil etildi. Shuningdek, talabalar uchun qiziqarli kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi hamda ushbu maskan fondini boyitish maqsadida 2000 dona kitob taqdim etildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kitob – hayotni o‘rgatuvchi ustoz, tafakkurni boyituvchi bebaho manba!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.