favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xorazm viloyati hokimligi o’rtasida o’zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

view 25

Xorazm viloyati hokimi Jo’rabek Raximovich Raximov hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Naimovich Oblomuradov o’rtasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelishuv imzolandi. Unga ko’ra, sho‘rga chidamli navlarni tanlash, yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, zooinjeneriya, agronomiya, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohalarida ishlab chiqarishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi qator yo’nalishlarda hamkorlik yo’lga qo’yiladi. Mazkur kelishuv doirasida tomonlar yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun talabalar amaliyotini tashkil etish orqali ilg‘or bilim hamda ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlashda ishlar olib borishga kelishib oldilar.

Ushbu tashabbus viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasining yanada ilmiy asoslangan rivojlanishiga zamin yaratishi, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun amaliy bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.