Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Wenzhou fan va texnologiya kasb-hunar kolleji o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida talaba almashinuvi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shu asosda TDAUning 23 nafar iqtidorli talabalari 1 oy davom etadigan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Wenzhou shahriga jo‘nab ketdi. Ular amaliyot davomida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va agrobiznesni boshqarish bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalarni egallamoqdalar. Talabalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida ikki nafar tajribali professor-o‘qituvchi hamrohlik qilmoqda.
Mazkur tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar: