logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Xitoydagi “Study in Uzbekistan” xalqaro taʼlim koʻrgazmasida ishtirok etmoqda

view 5

Xitoyning qadimiy va zamonaviy qiyofasi uygʻunlashgan Sian shahrida uchinchi “Xitoy–Oʻzbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi bo'lib o'tmoqda. Nufuzli forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy taʼlim koʻrgazmasida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligida mamlakatimizning 43 ta yetakchi oliy taʼlim muassasasi jamlangan mazkur ko‘rgazmada universitetimizning ilmiy-texnik salohiyati, ilg‘or taʼlim dasturlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari xalqaro hamkorlarga keng namoyish qilinmoqda.
➡️Tadbir doirasida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari xorijiy oliygohlar va taʼlim tashkilotlari bilan B2B formatida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralar markazida yangi hamkorlik memorandumlarini imzolash, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish kabi muhim masalalar o‘rin olgan.
“Study in Uzbekistan” koʻrgazmasi Oʻzbekiston oliy taʼlimining nufuzini oshirish va mamlakatimizni mintaqadagi muhim taʼlim markazlaridan biri sifatida namoyon etishda strategik maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.