logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida kasb etikasi va xavfsiz ta’lim muhitiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

view 29

Toshkent davlat agrar universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida kasb etikasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ta’lim jarayonida xavfsizlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash, talaba-qizlarni turli nojo‘ya holatlardan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbatida pedagoglarning huquqiy, psixologik va axloqiy mas’uliyati muhokama qilinib, qonunchilikka rioya etish, talabalar huquqlarini himoya qilish hamda sog‘lom muloqot muhitini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, erkak pedagoglarning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirish masalasiga urg‘u berildi.

Mazkur tadbir universitetda xavfsiz va hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.