Kafedra zamonaviy biotexnologik yondashuvlar, mahsulot sifatini baholash, standartlashtirish va sertifikatlash bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlab, agrar sohaga ilmiy va amaliy bilimga ega kadrlarni yetkazib bermoqda.
Kafedra qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ularning sifatini nazorat qilish, ekologik xavfsiz va standartlarga mos mahsulotlar yetishtirish, shuningdek, zamonaviy biotexnologik usullarni joriy etish sohalarida innovatsion yondashuvni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va ishlab chiqarish tajribalari orqali chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 28 nafar professor-o‘qituvchilar
- 8 Nafar magistrlar
- Ilmiy salohiyat — 50 %
- 1 nafar fan doktori, 10 nafar fan nomzodi
- 90 % bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali, xavfsiz va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hissa qo‘shmoqda.